"Yangier" murabbiyi: "Vaziyatlarni yakunlashda muammolarimiz bor"

Оқил Абдубарноев
20 apr 2022
O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Yangier" (5:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Ilhom Jumanov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

O'yin haqida

- O'yin borasida mezbonlar bizdan kuchliroq ekani ko'rinib turdi. Vaziyatlarni yakunlashda qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. 

- Jamoangizning o'yin uslubi yomon emasdek ko'rindi. Faqat vaziyatlarni yakuni ko'ngildagidek chiqmayapti. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Aytib o'tganimdek, vaziyatlarni yakunlash bo'yicha kamchiliklarimiz bor. Ishlashda davom etamiz. Uzatmalar aniqligi, hujumni yakunlash, aniq zarbalar bo'yicha oldimizda amalga oshiriladigan ishlar bor.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia