Yangi Zellandiya xabari: Yoshlarimiz Masterton shaharchasining merining mehmoni bo'ldilar

Nadirkhuja Yuldashev
27 may 2015, 13:55
Ayni paytda Yangi Zellandiyada yoshlar o'rtasidagi JCHga tayyorgarlik ko'rayotgan Ravshan Haydarov shogirdlari kuni kecha mahalliy tabdirlardan birida ishtirok etdilar.

Bizga ma'lum qilishlaricha, Masterton shaharchasining meri Linn Patterson delegaciya vakillari bilan uchrashgan va futbolchilarimizni shaharchadagi maktabga taklif etgan. Maktabda terma jamoamiz a'zolari bolakaylarning turli savollariga javob berishgan. Esdalik uchun suratga tushilgan. Yangi Zellandiya maktablarida bilim oladigan bolakaylar, suratga tushish chog'ida turli harakatlarni bajarishga odatlagnan ekanlar. Bunga o'zingiz ham guvoh bo'lasiz.




Eslatib o'tamiz, Panamaga qarshi kechga o'yinda 2:2 hisobini qayd etgan yoshlarimiz, JCHdagi birinchi o'yinlarini 1 iyun kuni Gonduras terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar.




Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia