Yangi Zelandiya U-20 termasi sardori: "O'zbekiston kuchli jamoa ekan"

Mirjalol Normatov
24 may 2023, 01:56
U-20 jahon chempionati 2-turi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yindan keyin Yangi Zelandiya termasi futbolchisi Finn Shurmen o'z fikrlarini bildirdi.

- O'zbekiston termasi haqidagi fikrlaring?

- O'zbekiston juda juda kuchli jamoa ekan. Ancha ko'p energiya sarfladik. O'zbekistonlik futbolchilar juda kuchli va top darajadagi o'yinchilar ekan. 

- Natijadan mamnunmisan?

- O'yindan oldin so'raganingizda, balki rozi bo'lardik. Biroq, ikki to'p farqi bilan ustunlik qilayotganimizdan so'ng bir ochkoni qo'lga kiritganimiz biroz hafsalamizni pir qildi.

- Murabbiy o'yindan oldin uzoq masofadan zarba berish haqida ko'rsatma berganmidi? Sababi, ikkala gol ham uzoq masofadan yo'llangan zarbadan so'ng kiritildi.

- Yo'q, yo'q. Shunchaki, hujumchilarimiz mahoratli edi. Yo'llangan zarbalar ham ajoyib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia