Yangi mavsumda "Manchester Siti" g'olib bo'ladi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2016, 16:29
"Microsoft Bing" Premer-liga uchun yangi taxmin algoritmini ishlab chiqdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu algoritm veb-qidiruv orqali futbolchilarning mahoratini hisobga oladi va har bir uchrashuv uchun taxminiy g'olibni e'lon qiladi.

"Microsoft Bing" algoritmi taxminlariga ko'ra, Pep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Premer-liga g'olibiga aylanadi va eng yaqin taqibchisi "Manchester Yunayted"dan 5 ochko o'tib ketadi.

Uchinchi o'rin MYUdan bir ochko ortda qolgan "Chelsi"ga nasib etadi. "Arsenal" gollardagi farq tufayli to'rtinchi o'rinni egallaydi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101greatgoals