Yang ushbu mavsum MYUda qilmagan ishini "Inter"da ilk o'yindayoq amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
26 yanv 2020, 17:59
"Inter" ayni damda A Seriya 21-turi doirasida "Kalyari" jamoasini mag'lub etmoqda.

Milanliklar hozircha Lautaro Martinesning goli evaziga g'alabaga erishishmoqda. Qayd etish kerak, ushbu o'yinda "Manchester Yunayted"dan o'tgan Eshli Yang "Inter" tarkibida debyut qilmoqda. Aynan uning to'p uzatishidan keyin argentinalik futbolchi gol urishga erishdi.

Qayd etish kerak, 34 yoshli futbolchi ushbu mavsumda MYU tarkibida APLning 12 o'yinida birorta assist qayd etmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia