Yanami? "Yuventus"dan A Seriya jadvalida ochko olib tashlandi

Aslanov Jasurbek
22 may 2023, 23:42
"Yuventus" yana jazolandi.

Turin klubining soxta kapitallarni amalga oshirish va qo'lga kiritish bobida beshinchi sud ishlari bo'lib o'tdi. Oldinroq ishni olib borayotgan prokuror Italiya FFdan "Yuventus"dan 9 yoki 12 ochko olib tashlanishi kerakligini talab qilgandi.

Bugun sud rasmiy qarorni e'lon qildi va turinliklar aybdor deb topildi: "Yuvenus"dan A Seriya jadvalida 10 ochko olib tashlandi.


Shunday qilib, A Seriya jadvalida 2-o'rinni egallab turgan "Yuventus"dan 10 ochko olib tashlansa Turin klubi 59 ochko bilan 7-o'ringa tushadi.


Ushbu xabar "Empoli" - "Yuventus" o'yinidan avval e'lon qilingan.

Klub bu borada appelyaciya berishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia