Yanami?! Arda Turan yon hakamga hujum qildi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
5 may 2018
"Barselona" yarim himoyachisi, ijara asosida Turkiyaning "Buyukshexir" klubida o'ynayotgan Arda Turan yana "qovun tushirdi".

Futbolchi "Sivasspor"ga qarshi Turkiya chempionatining 32-tur o'yinida (1:1) chetlatildi. Bahsning 94-daqiqasida Turan qoidabuzarlikni qayd etmagan yon hakamni tanqid qildi va uni turtib yubordi.  Uchrashuv bosh hakami tezda futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)

Bu turkiyalik futbolchining so'nggi vaqtlardagi birinchi mojaroli ishi emas. Oldinroq, Turan jurnalistga uni boshini yorish bilan tahdid qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com