

Fransiyalik hujumchi issiq va nam havoga moslashishda qiyinchiliklarga uchragan va shu sababli Yevropaga qaytish yo'llarini izlamoqda. Biroq Al Ittihod o'z imijini buzmaslik uchun 36 yoshli futbolchi bilan xayrlashish niyatida emasligini ma'lum qilgan. Ular Benzemani 2026 yilga qadar olib qolishni maqsad qilishgan.
Shuningdek, Benzemaga Al Ittihod bosh murabbiyi Marselo Galyardo bilan ishlash ham yoqmayapti. Uning murabbiy bilan munosabatlari yomon holatda ekanligi ma'lum qilingan.
Ma'lumot uchun, Benzema o'tgan yilning yozida Al Ittihodga ko'chib o'tgandi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.



