Yan Dyurica: "Germaniyaga qarshi o'yin turnirdagi oxirgi uchrashuvimiz bo'lmaydi"

26 iyun 2016, 01:05
Slovakiya terma jamoasi himoyachisi Yan Dyurica Yevropa chempionati nimchorak final doirasidagi Germaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Yevropaning eng kuchli jamoalari o'ynayotgan chempionatga chiqdik va yaxshi natija qayd etishga ulgurdik. Bizda yaxshi, ajoyib jamoa shakllangan. Tarkibda istedodli, iqtidorli va tajribali futbolchilar yig'ilishgan. Biz hammamiz to'planib bir ishni amalga oshiryapmiz. Jamoada ajoyib muhit yuzaga kelgan. Slovakiya hozir bir oila bo'lib jamlangan. Agarda kimdir xatoga yo'l qo'ysa, unda boshqa bir futbolchi xatoni to'g'irlashga yordamlashadi.
Slovakiyada men va boshqa yoshi katta futbolchilarni o'rnini to'ldiradigan futbolchilar etarli. Masalan Groshovski, Shkrinyar, Duda, Vayss va Stox bizning o'rnimizni munosib tarzda egallashadi.
Umid qilamanki, Germaniyaga qarshi o'yin biz uchun turnirdagi oxirgi uchrashuv bo'lmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru