Yaman terma jamoasiga nisbatan jazo sankciyaci qo'llandi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2015, 15:40
O'zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichida “N” guruhidagi raqibi - Yaman milliy terma jamoasiga nisbatan maydonga tushishi taqiqlangan futbolchini tarkibga kiritgani uchun FIFA tomonidan jazo sankciyasi qo'llandi.

Yamanning JCH-2018 saralashining 2-bosqichi doirasida KXDRga qarshi bo'lib o'tgan o'yini natijasi bekor qilinib, uning o'rniga 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi. Bu haqida FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, bu uchrashuvda Shimoliy Koreya 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.

Yaman saralashning dastlabki bosqichida Pokistonga qarshi ikki o'yin o'tkazib, uning natijasiga ko'ra saralashning ikkinchi bosqichiga yo'l olgan. O'sha o'yinlarning har birida yamanlik Munir Abdulrobi Ali al-Radoiy bittadan sariq kartochka olgan va KXDRga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi lozim edi. Ammo u 11 iyun kungi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Shu sababdan Yaman terma jamoasi FIFA tomonidan jazolandi.

Endi Ar-Radoiy 3 sentyabr kuni O'zbekiston bilan o'yinda maydonga tusha olmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com