Yamalning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi

Khoja
17 dek 2024, 10:22
Barselona futbolchisi Lamin Yamalning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Futbolchi kamida 3-4 haftani futboldan tashqarida o'tkazadigan bo'ldi. Bu haqida Kataloniya klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, La Liga 17-tur doirasidagi Leganesga qarshi o'yinning (0:1) ikkinchi bo'limda Lamin Yamal jarohat sababli almashtirildi.

Yamal bu mavsum La Ligada 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta assist amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com