Yamal va Levandovski asosiy tarkibda! "Barselona" - "Nyukasl" bahsi uchun tarkiblar ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
18 mar 2026, 21:49
Bugun, 18 mart oqshomida Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi 1/8 finalining javob uchrashuvlari davom etadi.

Ispaniyaning "Barselona" klubi o'z maydonida Angliyaning "Nyukasl" jamoasini qabul qiladi.

Yo'llanma taqdiri Barselonada hal bo'ladi

Hal qiluvchi bahs "Spotifay Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalarning dastlabki to'qnashuvida 1:1 hisobidagi murosasiz durang qayd etilgan edi.

Boshlang'ich tarkiblar e'lon qilindi:

"Barselona": Garsiya, Kanselu, Kubarsi, Martin, Garsiya, Bernal, Pedri, Yamal, Fermin Lopes, Rafinya, Levandovski.

"Nyukasl": Ramsdeyl, Tripper, Tshau, Byorn, Xoll, Joelinton, Tonali, Remsi, Barns, Gordon, Elanga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia