Yamal tepgan to'p darvozaga kirganmidi? Lunin javob berdi

Оқил Абдубарноев
25 apr 2024, 22:46
"Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin "Barselona"ning inobatga olinmagan goliga munosabat bildirdi.

Eslatib o'tamiz, oxirgi "El Klassiko"da "Barselona" futbolchisi Lamin Yamalning "Real" darvozasi tomon yo'llagan zarbasi ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuv bo'ldi. 

Golni aniqlash texnologiyasining yo'qligi sababli VAR ham aniq xulosa chiqara olmadi va hakam raqib darvozasi ishg'ol qilinmaganiga ishora qildi.

Vaziyat qahramonlaridan biri - "Real Madrid" darvozaboni Andrey Lunin "To'p darvoza chizig'idan o'tganmidi-yo'qmi?" degan savolgan "To'p darvozaga kirmagan edi", deya javob qaytardi.

Avvalroq "Barselona" prezidenti "Real"ga qarshi o'yinni takror o'tkazishni talab qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: El Chiringuito