Yamal: "Men tun yarmida uyg'onib, pechene eyish uchun ertaroq uxlayman"

Sherzod Nurmatov
25 dek 2025, 18:49
"Barselona" vingeri Lamin Yamal kechasi pechene eyish odati borligini aytdi.

"Men ataylab ertaroq uxlashga yotaman, tun yarmida uyg'onish uchun. O'sha paytda pechene eyish uchun uyg'onaman. Bu menga juda yoqadi. Shuning uchun ham mening qiz do'stim bo'lishi qiyin, chunki men tunda uyg'onib ketaman", – dedi Yamal o'zining YouTube-kanalida e'lon qilingan videoda.

Avvalroq 18 yoshli futbolchi 10,5 million evroga uy sotib olgani xabar qilingandi. Ushbu uyda avval Jerar Pike va Shakira yashagan.

Yamal joriy mavsum "Barselona" safida 20 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo