Yamal - "Golden Boy-2024" reytingida yetakchi

Omonjon To`xtamirzayev
16 apr 2024
"Barselona" vingeri Lamin Yamal har yillik "Golden Boy" sovrini reytingida yetakchi bo'lib turibdi.

Sovrin Yevropa oliy ligalaridan birida to'p tepayotgan 21 yoshga to'lmagan eng yaxshi futbolchisiga topshiriladi.

Ikkinchi pog'onada hozircha "Benfika" yarim himoyachisi Joau Nevesh bormoqda. Kuchli uchlikni "Manchester Yunayted" forvardi Alexandro Garnacho yakunlab beradi.

Eslatib o'tamiz, "Golden Boy-2023" sovriniga Jud Bellingem ega chiqqandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia