

"Bizda Levandovskiga o'rinbosar yo'qligini eshitsam, Myuller uchun ham shundayligini aytgim keladi. Levandovski jismonan juda kuchli, shu sababli undan havotir olmayman" - deydi Xyoness.
Levandovski joriy mavsumda Bundesliganing 17 ta bahsida maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



