Xushxabar! Igor Sergeev uzoq tanaffusdan keyin ilk bor "Patum Yunayted"ning o'yin qaydnomasiga kiritildi

Tolibjon Qosimov
20 noya 2024, 20:05
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev anchadan beri jarohatini davolash va maydonga qaytish uchun tiklanish jarayonini davom ettirib kelayotgan edi.

Yodingizda bo'lsa, Sergeev Osiyo Kubogining 3-turi doirasida shu yilning 23 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazilgan o'yinimizning 84-daqiqasida jarohat olgan edi. Keyinchalik hujumchi Dohadagi "Aspetar" shifoxonasida amerikalik taniqli jarroh shifokor Zikria Bashir tomonidan muvaffaqiyatli operaciya qilingan edi.

Oradan salkam 10 oy vaqt o'tib Sergeev o'z klubi "Patum Yunayted"ning o'yin qaydnomasidan joy oldi. Biroz avval "Patum Yunayted" Tailand kubogi doirasida "Port FK" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Igor esa uzoq tanaffusdan keyin yana qaydnomaga qaytdi. Lekin, buguncha u maydonga tushirilmadi.


Umid qilamizki, Igor Sergeev tez orada maydonga ham tushadi va o'z o'yini bilan muxlislarni yana mamnun qiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia