Xurshid Xodjaev operaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2018, 11:43
AGMK darvozaboni Xurshid Xodjaev o'tgan yil yozda jiddiy jarohat olgandi.

Shu bois ikkinchi davra o'yinlarida posbon umuman maydonga tusha olmadi.

Jarohatidan qutulib yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan darvozabon kecha Moskva shahrida operaciya stoliga yotishga majbur bo'ldi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi.

Endi Xodjaev safga qaytishi uchun taxminan 4-5 oy vaqt kerak bo'ladi. Katta ehtimol bilan futbolchi ikkinchi davradan boshlab o'yinlarda qatnasha oladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia