
- Yaxshi o'ynay olishimizga ishonchim komil. Agar yuz foiz tayyor bo'lsak, “Real”ni tiz cho'kishga majbur eta olamiz. Shaxsan men nimalarga qodir ekanimni ushbu bahsda namoyish etmoqchiman. Birinchi duel bizning maydonda bo'lishi esa bizni yanada quvontirdi, - futbolchining so'zlarini keltiradi Goal.com.