Xuan Garsiya "Barselona"dagi ilk sovrinini Jiddada yutmoqchi

Nadirkhuja Yuldashev
7 yanv 2026, 04:06
Agar "Barselona" musobaqada g'alaba qozonadigan bo'lsa, Garsiya uchun bu klubdagi ilk sovrini bo'ladi.

Ispaniya terma jamoasi safida Parij Olimpiadasi g'olibi bo'lgan posbonning oldida MTJning birinchi raqamli o'yinchisi bo'lish kabi qiyin vazifa turibdi. Kataloniyaliklar so'nggi sakkizta o'yinda mag'lubiyatsiz seriyasini o'tkazyapti. Bu yo'lda uning xizmatlari ham katta.

"Meni Saudiya Arabistonidagi muhit hayratga soldi. Tashkiliy ishlarga a'lo baho beraman. Jiddada bizni g'alabamizni kutayotganlar juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Men uchun ham bu faoliyatimdagi muhim kubok bo'lishi mumkin", - deydi Garsiya.



Foto: La Liga matbuot xizmati



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia