Xotira turniri. Ertaga final o'tkaziladi

8 okt 2014, 15:16
Toshkentda O'zbekiston futboli faxriylari P.Otaxonov, M.Akbarov, L.Maqsudov, Q.Muqimov xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tmoqda.
 Musobaqada 2003 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etishmoqda.

Bugun har ikkala guruhda 3-tur bahslari bo'lib o'tdi. Dmitriy An boshqaruvidagi “Paxtakor”-2003 O'FF sun'iy maydonida “Lokomotiv”ga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Natijada yosh “paxtakorchilar” ertaga uchinchi o'rin uchun kechadigan bahsda ishtirok etadigan bo'lishdi.

Musobaqaning finalida esa “Lokomotiv” va “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari o'zaro maydonga tushishadi. Final ertaga Chig'atoydagi sun'iy maydonda soat 11:00da boshlanadi.

“A” guruhi: “Bunyodkor”, SDYUSHOR-22, BO'SM-2, FMBO'SM-16
“V” guruhi: “Paxtakor-2003”, BO'SM-28 (Buxoro), ROZK, “Lokomotiv”

Z-tur natijalari

SDYUSHOR-22 – BO'SM-2 - 2:1
“Bunyodkor” – FMBO'SM-16 - 0:0

“Paxtakor” - “Lokomotiv” - 0:1
BO'SM-28 – ROZK - 2:1

9 oktyabr
3-o'rin uchun bahs (Chig'atoy)
“Paxtakor” – FMBO'SM-16

Final (Chig'atoy)
“Bunyodkor” - “Lokomotiv”




Manba: championat.asia