Xosep Gvardiola Yaponiya regbi terma jamoasida ishlaydi

Aziz Tukhtamuradov
8 dek 2014, 20:23
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola regbi bo'yicha Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Eddi Jonsga yordam beradi.
Jonsning fikricha, regbi va futboldagi muhit bir-biriga juda yaqin va Gvardiolaning tajribasi terma jamoaga Jahon Kubogiga tayyorlanishda katta yordam beradi.

"Biz taktikani aralashtirish zarurligini tushunib etdik. Regbi va futbol orasida o'xshashlik juda ko'p", - deydi regbi murabbiyi.

Regbi bo'yicha jahon chempionati 2015 yilning 18 sentyabridan 31 oktabrigacha bo'lib o'tadi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net