Xosep Gvardiola: Safarda gol urmasak YCHLni tark etamiz

Narzulla Saydullayev
22 fev 2017
Manchester Siti ustozi Xosep Gvardiola YCHL 1/8 finali doirasidagi Monakoga qarshi o'yindan so'ng (5:3) o'z fikrlarini bildirdi.

Qarama-qarshilik taqdiri hal bo'lmadi. Biz g'aroyib jamoaga qarshi o'ynadik, natijadan qoniqdim. Ko'plab futbolchilar uchun bu YCHLdagi birinchi o'yin bo'ldi.

Millionta gol uradigan jamoa bo'lsa bu Monako. Ular juda katta kuch bilan hujum qilishdi. Xato qildik, ammo taslim bo'lmadik. Monakoga qarshi o'yinda qaysi jamoa gol o'tkazmasligini ko'rmoqchiman. Safarga ko'proq gol urish uchun boramiz. Agar safarda gol urmasak YCHLdan chiqib ketami – deydi Gvardiola.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com