Xosep Gvardiola: Robben Bavariya uchun juda muhim

Narzulla Saydullayev
1 dek 2013
Bavariya bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bundesliganing 14-turidan o'rin olgan Ayntraxtga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirdi.
Bir necha kun oldin Moskvaga borib qaytdik, shu bois o'yin og'ir bo'ldi. Undan oldin Dortmundga safarga borgandik.

Bugun biz effektiv o'ynashga intildik, bo'sh zonalardan unumli foydalanib o'ynadik. Keyin Mandjukichni o'yinga tushurdim. Bahsdan qoniqdim.

Robben jamoamiz uchun juda muhim o'yinchi, ko'plab gollar urmoqda. “Braunshveyg”da ham imkoniyatlar bo'ldi. Bundesliga – og'ir chempionat, – deydi murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru