
"Xoffenxaym" bugun yaxshi o'ynadi. Ularga tasanno degan bo'lardim. Biz birinchi bo'limda yaxshi harakatlangandik. Ikkinchi taymda esa o'z rejalarimizni amalga oshira olmadik. "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yingacha o'z xatolarimizni to'g'irlashimiz kerak. O'z o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim. Bizni juda muhim o'yin kutib turibdi.