Xosep Gvardiola: “Napoli” bizni tor-mor keltirishi mumkin”

Aslanov Jasurbek
17 okt 2017, 01:11
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YCHL doirasidagi “Napoli”ga qarshi kechadigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Men futbolchilarimga “Napoli” ishtirokidagi o'yinlarni ko'rsatdim va namoyish etishda yana davom etaman. Ular o'zlarini nima kutayotganini tushunib yetishlarini istayman. Avval “Shaxtyor”ga qarshi uchrashuv oldidan ham xuddi shunday uslubni qo'llagandim va bu ish bergandi.

O'ylaymanki, bu safar ham xuddi shunday bo'ladi. “Shaxtyor”ning o'yin uslubi “Napoli”ga o'xshab ketadi. Neapolliklar o'zlarining aqlbovar qilmas pressingi bilan bizni tor-mor keltirishi mumkin”, - dedi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” - “Napoli” uchrashuvi 17 oktyabr kuni Manchester shahridagi “Etixad” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif