Xosep Gvardiola "Byornli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2023, 09:44
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 1-turida "Byornli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinni yaxshi boshladik, gol ham ura oldik. Ammo keyin qattiq kurashishimizga to'g'ri keldi. Bizda muammolar boshlandi. Lekin biroz vaqt o'tgach, yana yaxshi o'ynay boshladik. Ilk o'yinning liga debyutantiga qarshi bo'lishi oson emas. Ular albatta bor kuchlarini berishadi. Ammo biz tezkor gol ura oldik", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport