Xose Pekerman – Venesuela terma jamoasi yangi ustozi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2021
Xose Pekerman rasman Venesuela termasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Oldinroq tajribali mutaxassis Argentina va Kolumbiyani boshqargan. U har ikki termani JCH 1/4 finaliga olib chiqqan. Uning qo'l ostidagi kolumbiyaliklar 2016 yilda Amerika kubogida bronza medallarini qo'lga kiritishgan.

Pekermanning debyuti 27 yanvar kuni bo'lib o'tadi, o'sha kuni venesuelaliklar jahon chempionati saralash bosqichining 15-turida Boliviyaga qarshi bahs olib boradi. Hozirda jamoa turnir jadvalida so'nggi, 10-o'rinda bormoqda.

Ma'lumot uchun, Venesuela - jahon chempionatiga hech qachon chiqmagan KONMEBOLning yagona a'zosidir. Ular Qatardagi jahon chempionati yo'llanmasi uchun kurashni allaqachon tark etgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: federacionvenezolanadefutbol.org