

Saytimizning Instagramdagi sahifasi Xosening "Bunyodkor"dagi suratini joylashtirgandi. Suratga bosilgan "layk" va yozilgan izohlardan uni yana O'zbekistonda ko'rish istagi bor muxlislarimiz ko'pligi ma'lum bo'ldi.
O'z o'rnida futbolchining o'zi ham suratga quyidagicha izoh qoldirgan: "Ajoyib mamlakatdagi do'stlarimning barchasiga rahmat. O'zbekistondan ajoyib xotiralar qolgan", - deydi Vilyanueva.
Sizchi? Uning o'yinlarini sog'inasizmi? O'zbekistonda o'ynagan legionerlar ichida qaysi futbolchi o'zidan yorqin taassurotlar qoldira olgan?
Saytimizning Instagramdagi sahifasiga a'zo bo'ling. U yerda turli savollar va tanlovlar, o'zbek futboliga oid ajoyib suratlar berib boriladi.



