Xose Kalexon: "Bizning maqsadimiz - "skudetto"

Narzulla Saydullayev
15 sen 2013, 09:55
Napoli hujumchisi Xose Kalexon bu yil klub Italiya chempioni bo'lmoqchi ekanini ma'lum qildi.
Chempion bo'lishimiz uchun juda ko'p ishlayapmiz, menimcha hozircha hammasi yaxshi. Jamoa qo'yilgan maqsad sari intilmoqda, - deydi Kalexon corrieredellosport.it. - Mourinyo menga yoqadi, ammo men barcha murabbiy bilan yaxshi chiqishganman, Benites ham mustasno emas. U buyuk murabbiy, u jamoadagi barcha futbolchilar bilan aloqani o'rnata oladi. Jamoada ajoyib muhit hukmron.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net