Xorxe Fossati: "Paxtakor" bilan o'yinda ko'proq hujum qila olamiz deb kutgandim"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2019, 20:42
OCHL 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Al Ahli" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Xorxe Fossati matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bugungi bahs juda qiyin o'tishi haqida kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida ham aytgandim. "Paxtakor" uchun mavsum endi boshlanmoqda, ular adashmasam 4ta rasmiy o'yin o'tkazishdi. Biz esa oxirgi bir oy ichida 8ta uchrauvda ishtirok etdik. O'yinga tayyorgarlik ko'rish va taktika tanlashda futbolchilarimning jismoniy holatini ham hisobga olishim kerak edi. Xatto mashg'ulotlarda qiyinchilikka duch keldim.

O'yinning dastlabki 10 daqiqasida yaxshi o'ynadik. To'pga egalik qilishda yaxshi taassurot qoldirishdi. 20-25-daqiqasida asta-sekin raqib tashabbusga ega bo'ldi. Buning ustida ishlashimiz kerak.

To'g'risi biz ko'proq hujum qila olamiz deb o'ylagandim. Ammo "Paxtakor" bunga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Bugungi o'yinda "Paxtakor" g'olib chiqishga haqli edi. Hakamlik haqida nimadir degan bo'lardim, ammo bu mening vakolatimga kirmaydi.

"Paxtakor" haqida umumiy fikr bildiraman. Raqib tashkiliy jihatdan yaxshi shakllanib borayotgan jamoaga aylanib bormoqda. Bugungi o'yinga tayyorlanish jarayonida "sherlar"ning "Eyr Fors", "Al Nasr" va "Persepolis" bilan o'yinlarini ko'rib chiqdim. Shunga amin bo'ldimki deyarli barcha zonalarda tartibli o'yin ko'rsatmoqda. Men ham asta-sekin o'z jamoamda shuni tadbiq etishga urinaman", - deydi Xorxe Fossati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia