
Uchrashuv "matraschilarning" 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Birinchi o'yin, avvalgi hafta Kamp Nou stadionida bo'lib o'tgan va u yerda 2:1 hisobida Luis Enrike shogirdlari zafar quchishgandi.
Shu tariqa, ikki uchrashuv natijasiga ko'ra, musobaqa yarim finaliga madridliklar yo'l olishdi.
Atletiko doim noqulay raqib bo'lib kelgan. Alam qilmoqda. Endi biz bor e'tiborimizni Ispaniya Kubogi va La Ligaga qaratamiz, - deydi Xordi Alba UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.