

o'tgan yili Birinchi ligada ishtirok etgan "Xiva" klubi nomi va emblemasi tushirilgan liboslarda maydonga tushgan edi. Bu esa matbuotda va muxlislar orasida turli xil baxs munozaralarni keltirib chiqargandi. Aslida o'shanda nima bo'lgandi? Bunga "Xorazm" jamoasi bosh murabbiyi Mansur Davletov yordamida aniqlik kiritishga urindik.
"Ha to'g'ri, jamoamiz haqiqatdan ham shu kuni "Xiva" libosida maydonga tushgandi. Lekin meni ajablantirgani buni matbuotda o'zgacha qarshi olishdi. "Xorazm" va "Xiva" jamoalarining o'zagi bir ekanligini aytib o'tmoqchiman. Bundan tashqari men o'tgan yili "Xiva" jamoasini boshqargandim. Bu jamoa Birinchi ligada ishtirok etmasligi oydinlashganidan so'ng barcha e'tibor "Xorazm"ga qaratildi va moddiy baza ham shu jamoaga o'tkazildi. Ayni paytda jamoamiz to'rt xildagi sport formasiga ega. Ochig'ini aytsam, biz o'sha kuni maydonga tushgan forma jamoamiz, yani “Xiva” libosi jamoamiz uchun omadli hisoblanadi. Boshqalarni bilmadimu lekin men shunday deb o'ylayman" - deya izoh berib o'tdi xorazmliklar bosh murabbiyi.



