Xorazmdan tabrik

Narzulla Saydullayev
31 dek 2014, 14:00
Aytish joizki, 2013 yil mamlakatimiz futbolida uchun o'ziga xos iz qoldirdi.
Mubolag'a emas, o'tayotgan yil avvalgilariga nisbatan ancha mazmunli va qiziqarli kechdi. Ishonchimiz komilki, kirib kelayotgan yangi- 2014 yil bundanda omadli keladi. Zero, o'zbek futbolini Mirabror Usmonovdek ajoyib, betakror fazilatli inson yana boshqaradigan bo'ldi. Bu hol futbolimiz rivojiga faqat va faqat ijobiy natijalar keltirishini ko'ngildan sezib turibmiz.

Fursatdan foydalanib, Xorazm viloyati futbol federatsiyasi xodimlari nomidan O'zbekiston futbol federatsiyasi, O'zbekiston professional futbol ligasi  va viloyatlar futbol federatsiyalari xodimlarini, shuningdek barcha eldoshlarimizni, qolaversa futbol sohasida qalam tebratayotgan aziz jurnalistlarimizni qutlug' ayyom bilan muborakbod etaman.

2014 yil barchamiz uchun yanada omadli kelsin! Yangi yilingiz qutlug' bo'lsin, hamyurtlar!

Ravshan Otajonov, Xorazm viloyati futbol federatsiyasi birinchi vice prezidenti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia