"Xorazm" ham birinchi ligadagi yurishini to'xtatdi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2014, 16:48
O'zbekiston Birinchi ligasining navbatdagi turida "Xorazm" jamoasi ham musobaqadan chiqib ketmoqda.
Bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Sherdor" - "Xorazm" uchrashuviga mehmonlar tashrif buyurmadi va ayni vaqtda jamoa Xorazmda. "Xorazm" klubi rasmiylarining ma'lum qilishicha jamoa moliyaviy qiyinchiliklar tufayli endi safar uchrashuvlariga bora olmaydi. Jumladan bugun ham ushbu uchrashuv bo'lib o'tmaydi.

Bugungi uchrashuv uchun "Sherdor" jamoasiga texnik g'alaba yozilsa, "Xorazm" jamoasiga texnik mag'lubiyat yoziladi.

Eslatib o'tamiz, "Xorazm"dan oldin "Registon" ham ligani erta tark etgan edi. "Xorazm" jamoasining keyingi taqdiri endi noma'lum bo'lib qolmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia