

"Xorazm" klubi himoyachi Abbosjon Otaxonov bilan kelishuvni uzaytirdi. Bu haqda klub rasman ma'lum qildi. Otaxonov xorazmliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Abbosjon Otaxonov ushbu mavsum Superlida 11 ta o'yinda maydonga tushib, umumiy miqdorda 900 daqiqa maydonda harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, "Xorazm" klubi o'tish o'yinida "Buxoro" ustidan g'alaba qozonib, Superligada qolgandi.



