

"Biz bazi Xitoy klublari bilan bog'landik, ammo ularning takliflarini rad etdik. Xonda Xitoyga ko'nikishi qiyin bo'lardi. Biz MLSni tanladik. Keysuke "Milan"da kam maydonga tushyapti va terma jamoadagi joyini yo'qotib qo'yishdan qo'rqmoqda" - deydi agent.
Oldinroq Xondaga "Tottenxem", "Vest Xem" hamda "Sautgempton" qiziqish bildirayotgani haqida e'lon qilingan edi.



