Xolanddan navbatdagi ikki rekord

Eldor Akmurzayev
7 sen 2022
Chempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqich ilk turida “Manchester Siti” safarda “Sevilya”ni tor-mor (4:0) etdi.

Erling Xoland uchrashuvda ikki golga mualliflik qildi. U “shaharliklar” safida mazkur muboqadagi debyutidayoq dublga erishgan ilk futbolchi bo'ldi.

Shuningdek, 22 yoshli norvegiyalik YCHLdagi 20-o'yinda 25-golini urib, bunga eng tez erishgan futbolchiga ham aylanib oldi. Avvalgi rekord esa Filippo Inzagi hamda Ruud Van Nistelroyga tegishli edi – 30 o'yinda 25 ta gol.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA