Xolanddan keyin Bellingem ham "Borussiya"dan ketishi mumkin

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 18:18
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Jud Bellingem faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

"The Sun" xabariga ko'ra, "qizillar" futbolchi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan. Ayni damda ular Bellingem uchun kurashda favorit hisoblanmoqda. Oldinroq dortmundliklar Bellingemni 80 million evro evaziga "Manchester Siti"ga sotmagandi. Undan tashqari "Real" ham muzokaralar olib bordi.

Futbolchi o'tgan mavsum nemis chempionatida 32ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun