Xolanddan ajoyib ko'rsatkich

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2021
"Borussiya D" futbolchisi Erling Xoland Norvegiya terma jamoasi safida Gibraltarga qarshi o'yinda uchta gol urdi.

Bu 21 yoshli futbolchi uchun Norvegiya terma jamoasi safidagi 10, 11 va 12-gollari edi. Xoland terma jamoa safida 15 ta o'yin o'tkazgan. 

Bundan tashqari, u yangi mavsum boshlanganidan buyon umumiy hisoblaganda 8 ta o'yinda maydonga tushdi va 11 ta gol urishga ulgurdi. 

To'plarning 3 tasini u Germaniya kubogida, yana 3 tasini Bundesligada va 5ta golni JCH-2022 saralashi doirasida raqiblar darvozasiga kiritdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta