Xoland "Real"ning unga qiziqayotgani haqida gapirdi

Alisher
3 mar 2020, 13:28
"Borussiya" (Dortmund) hujumchisi Erling Xoland unga "Real"ning qiziqayotganidan mamnun.

Xoland "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovichdan o'rnak olishga harakat qiladi.

"Real"ning menga qiziqishi? Bu yoqimli albatta. Agar seni shunday buyuk klublar kuzatayotgan bo'lsa, demak sen to'g'ri yo'ldasan.

Bolaligimda Ibragimovichga juda qattiq muxlislik qilganman. Menga uning o'zini qanday tutishi yoqadi", - deydi Xoland.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli futbolchi "Borussiya"ga shu yili "RB Zalcburg"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fourfourtwo.com