Xoland: "Qiziqchi yigit"

Tolibjon Qosimov
19 avg 2024, 15:07
Kecha APL 1-turi doirasida "Manchester Siti" jamoasi "Chelsi" mehmoni bo'ldi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni Erling Xoland Mark Kukurelyani ortda qoldirgan holda ochdi. Uchrashuvdan keyin Xoland Kukurelyaning Erling haqidagi hurmatsizlik qilingan qo'shig'ini yodga oldi.

Evro-2024 dagi chempionlikni nishonlash chog'ida Mark mikrafonni olib muxlislar uchun qo'shiq kuylagan edi. O'sha qo'shiq so'zlarida Xolandga nisbatan hurmatsizlik qilingandi.

"Kukurelya - qiziqchi yigit. O'tgan mavsum u mendan libosimni so'ragan edi, bu yozda esa men haqimda qo'shiq kuyladi", - dedi Xoland.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Talksport