Xoland: "Men terma jamoada bo'lganimda Norvegiya hech qachon saralashdan o'tmagan"

Alisher Ostonov
16 noya 2025
"Manchester Siti" va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Italiyaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

Bahs bugun bo'lib o'tadi.

"Norvegiyani jahon chempionatiga olib chiqish uchun ulkan mas'uliyatni his qilyapman. Men bu haqda ko'p gapirganman. Bu katta mas'uliyat va men 2019 yilda terma jamoaga kelganimdan beri aynan shu ish ustida ishlayapman. Endi biz shunchalik yaqinmizki, biz... Bilmadim, buni tarix deyish mumkinmi yoki boshqachami? Norvegiya terma jamoasida ekanligimda biror marta ham saralashdan o'tmagan va bu men uchun juda muhim. Takror aytaman, buning uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", - dedi Xoland.

Italiya terma jamoasi saralashning ettita o'yinidan so'ng 18 ochko jamg'arib, I guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Goal.com