Xoland “Leyptsig”ning yanvardagi tviti uchun ajoyib tarzda javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2020, 21:01
Biroz oldin, Germaniya chempionati 33-turidan o'rin olgan “Leyptsig” – “Borussiya D” bahsi yakunlandi.

Mehmonlar Erling Xolandning dubli evaziga (2:0) raqiblarini engishdi.

Xoland qishki transferlar oynasida “arilar” safiga kelib qo'shilgandi. “Leyptsig” esa yanvar oyida Twitter'dagi sahifasiga Timo Vernerning rasmini joylab, “Xoland kim o'zi?”, deya kinoyali tvit qo'ygandi.

O'z navbatida dortmundliklar bugun ularning tvitigi "Bu Xoland", deya javob qaytarishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia