Xoland, Keyn, Ronaldularni ortda qoldirgan Gyokeresh 2024 yilning eng yaxshi to'purari

Tolibjon Qosimov
1 yanv 2025, 15:29
2025 yil ham kirib keldi.

Jahon futbolida ortda qolgan 2024 yilning eng ko'p gol urgan futbolchisi ma'lum. Yodingizda bo'lsa, 2023 yilning eng ko'p gol urgan o'yinchisi 54 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu bo'lgan edi.

2024 yilda esa "Sporting" va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Gyokeresh 62ta gol bilan eng zo'ri bo'ldi. "Sporting" Viktorga 62 raqami tushirilgan maxsus libosni topshirdi.


2024 yilda eng ko'p gol urgan futbolchilar:

1. Viktor Gyokeresh, Shvetsiya - 62 ta gol

2. Erling Xoland, Norvegiya - 49 ta

3. Xarri Keyn, Angliya - 46 ta

4. Krishtianu Ronaldu, Portugaliya - 43 ta

5. Vu Ley, Xitoy - 42 ta

6. Robert Levandovski, Polsha - 42 ta

7. Jonatan Devid, Kanada - 40 ta

8. Rafaelson, Braziliya/Xitoy - 40 ta

9. El Kabi, Marokash - 40 ta

10. Kilian Mbappe, Fransiya - 39 ta gol.


Oxirgi 16 yillikni oladigan bo'lsak, Ronaldu eng ko'p 5 marta yilni eng ko'p gol bilan yakunlagan. Undan keyin Lionel Messi 3 marta. Ro'yxatda ancha yillardan beri Osiyo futbolida to'p tepib keladigan hujumchilar Bag'dod Bounedja va Abdulrazzoq Hamdallah ham bor.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia