Xoland jurnalistlardan uzr so'radi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2024, 15:21
Norvegiya terma jamoasi kecha Millatlar ligasi doirasida Avstriyaga yirik hisobda mag'lub bo'ldi - 1:5.

O'yindan keyin Norvegiya hujumchisi Erling Xoland jurnalistlarga intervyu berishni istamadi. Keyinroq futbolchi bu ishi uchun uzr so'radi.

"Barchadan uzr so'rayman, men tomonimdan xunuk ish bo'ldi. Noyabr oyida 6 ochko uchun kurashamiz", - dedi Xoland.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: tribalfootball.com