Xoland Jorj Bestning natijasini takrorladi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2024
Kecha tunda Angliya kubogi 1/8 finali doirasida "Manchester Siti" jamoasi "Luton Taun" mehmoni bo'ldi va 6:2 hisobida g'alaba qozondi.

Ana shu uchrashuvda "shaharliklar" forvardi Erling Xoland "Luton" darvozasiga 5ta to'p kiritdi."BBC"ning xabar berishicha, Angliya kubogida oxirgi marta yuqori divizion klubi tarkibida (hozirgi APL) Jorj Best bir o'yinda penta-trik qayd etgan. Shimoliy irlandiyalik futbolchi 1970 yil "Manchester Yunayted" tarkibida bu ishni uddalagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BBC