

Dortmund klubining gollaridan biri Erling Xoland hisobiga yozildi. Bu norvegiyalik 20 yoshli hujumchi uchun YCHLdagi 12-gol bo'ldi. Natijada Xoland YCHLdagi dastlabki 10 ta o'yinida eng ko'p gol urgan fubtolchiga aylandi. Xoland bu natijasi bilan o'zining dastlabki 10 ta o'yinida 9 tadan gol urgan Simone Inzagi (“Lacio” sobiq a'zosi), Harri Keyn (“Tottenxem”) hamda Sadio Maneni (“Liverpul”) ortda qoldirdi.



