Xoland "Borussiya" bilan shartnoma muddatini uzaytirishdan bosh tortdi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2021, 19:13
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati jamoa yetakchisi Erling Xolandning shartnoma muddatini uzaytirmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, Germaniyaning top-klublari skandinaviyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, biroq futbolchi yangi bitim tuzishdan bosh tortgan.

Erling Yevropaning grand jamoasiga o'tishni istaydi va shu sababli "asalarilar"ning shartnomani uzaytirish borasidagi urinishlarini rad etmoqda.

Avvalroq "Borussiya" Xolandga maoshini ikki barobar oshirishni taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning yozigacha amal qiladi. Forvardning transfer qiymati 150 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com