

Norvegiyalik forvard "Vulverxempton"ga qarshi bahsda 14 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi.
Shu tariqa, Xoland bir mavsumda klubning uy uchrashuvlarida ko'p gol urish bo'yicha rekordini (18 ta gol) yangiladi. Shuningdek, u APLda eng tez to'rt bor xet-trikka erishgan futbolchiga aylandi, buning uchun unga 19 ta uchrashuv kifoya qildi.
Qolaversa, hujumchi APLda 25 lik dovonga eng tez erishgan futbolchiga aylandi.



